Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyaning «Pegasus Airlines» aviakompaniyasi O‘zbekistonga tijoriy taklif taqdim etadi
Turkiyaning «Pegasus Airlines» aviakompaniyasi O‘zbekistonga tijoriy taklif taqdim etadi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov «Pegasus Airlines» aviakompaniyasi rahbariyati bilan uchrashdi. Uchrashuvda O‘zbekistonda xorijiy aviakompaniyalarga yaratilgan imtiyozlar haqida ma'lumot berildi.
Qayd etilishicha, respublikada xorijiy aviakompaniyalar uchun «Ochiq osmon rejimi» yo‘lga qo‘yilgan mahalliy aeroportlar, aviayoqilg‘i va qo‘nish xizmatlari (ground handling) narxlari arzonlashtirilgani, olib kelingan xorijiy sayyohlar uchun kompensatsiya (cash back) tizimining yo‘lga qo‘yilganligi aytib o‘tildi.
Olib borilgan muzokaralar davomida turk aviakompaniyasi tomonidan yangi tijoriy taklif ishlab chiqilishi hamda O‘zbekistonga taqdim etilishi ma'lum qilindi.
Xabarda aytilishicha, O‘zbekiston delegatsiyasi Istanbul shahridagi «Sabiha Gekchen» aeroporti boshqaruv tizimi va logistikasi imkoniyatlari bilan ham tanishtirildi.
Mavzuga oid
20:52 / 15.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidenti bilan uchrashdi
02:31 / 15.05.2025
Putin Ukraina bilan muzokaralarda ishtirok etadigan delegatsiya tarkibini tasdiqladi
23:40 / 14.05.2025
Zelenskiy: Ukraina muzokaralarning har qanday formatiga tayyor
17:14 / 14.05.2025