Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ikkita yangi jamg‘arma tashkil etiladi
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan O‘zbekiston Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasi va O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutining ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish jamg‘armalari to‘g‘risidagi nizomlar tasdiqlandi.
Jamg‘armalar prezidentning PQ-4870-son qaroriga muvofiq yuridik shaxs tashkil etmagan holda tuzilmoqda.
Jamg‘armalar mablag‘lari:
a) quyidagilar hisobiga shakllantiriladi:
- ko‘rsatiladigan pulli xizmatlar hisobidan tushadigan mablag‘lar;
- yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
- qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
b) quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
- 75 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda – ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshiruvchi tarkibiy bo‘linmalar moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;
- 25 foizdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda – alohida o‘rnak ko‘rsatgan ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshiruvchi harbiy xizmatchilar va Qurolli Kuchlar xizmatchilarini moddiy rag‘batlantirish.
Mavzuga oid
19:54 / 23.05.2025
«Harbiylarning aloqasi yo‘q». Mudofaa vazirligi Xorazmda metallolomga topshirilgan snaryad bo‘yicha ma’lumot berdi
20:13 / 06.05.2025
AQSh armiyasida generallar ommaviy ravishda ishdan bo‘shatiladi
11:33 / 19.03.2025
Germaniyada o‘zbek bolalariga tibbiy yordam ko‘rsatishga mo‘ljallangan jamg‘arma tashkil etildi
12:21 / 18.03.2025