Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koreya Eksimbanki Toshkentda yangi shifoxona va kimyo-texnologiya markazi qurishga mablag‘ ajratadi
Janubiy Koreya Eksimbanki O‘zbekistonga 164 million dollar imtiyozli kredit ajratadi. Bu mablag‘ asosida Toshkent shahrida kattalar uchun ko‘p tarmoqli tibbiyot birlashmasi va Kimyoviy texnologiyalar markazi tashkil etiladi.
Tegishli kelishuv 28 yanvar kuni O‘zbekiston va Koreya Respublikalari prezidentlari videosammitida imzolangan. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkentda kattalar uchun ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi yurak-qon tomir jarrohligi, angionevrologiya, onkoginekologiya va rekonstruktiv ortopediya yo‘nalishlarida ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatiladi.
Markazda 300 ta o‘ringa ega jarrohlik bloki barpo etilib, yiliga kamida 8,5 mingta yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotlari bajarilishi reja qilingan. Dekabr oyida tegishli hukumat qarori loyihasi muhokamaga qo‘yilgandi.
Ta'kidlanishicha, kimyo texnologiyalari markazi qurishdan asosiy maqsad – kimyo sohasidagi sanoat salohiyatini oshirish va mavjud tabiiy resurslardan foydalanish bo‘yicha zamonaviy texnologiyalarni joriy etish.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Koreya prezidentlari sammitida qiymati jami 3,4 milliard dollardan ziyod bo‘lgan 55ta yangi loyiha haqida so‘z borgandi.
Mavzuga oid
15:16 / 14.05.2025
Davlat shifoxonalaridagi pulli xizmatlar qimmatlashadi
21:05 / 02.04.2025
Yangi Zelandiyada politsiya xatosi sabab 11 yoshli qiz ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirildi
17:12 / 10.02.2025
Toshkentda bolalarga litsenziyasiz xizmat ko‘rsatgan shifoxona aniqlandi
13:42 / 23.11.2024