Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada favqulodda holat rejimi martgacha uzaytirildi
Koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha vazir Yasutosi Nisimuraning bildirishicha, agarda vaziyat yaxshilansa, rejim 7 martdan avvalroq bekor qilinadi.
Yaponiya bosh vaziri Yosixide Suga koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sababli Tokio va yana to‘qqiz prefektura uchun joriy etilgan favqulodda holat rejimi 7 martgacha uzaytirilganini e'lon qildi. Bu haqda The Mainichi gazetasi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, rejim Kanagava, Tiba, Saytama, Ayti, Gifu, Osaka, Kioto, Xego va Fukuoka prefekturalarida amal qiladi. Shu bilan birga, poytaxt shimolida joylashgan Totigi prefekturasida epidemiologik vaziyat sezilarli darajada yaxshilangani tufayli favqulodda holat rejimi 7 fevraldan bekor qilinadi.
The Mainichi nashrining eslatishicha, aholiga muhim sababsiz uyidan chiqmaslik, restoran va barlarga ishni ertaroq to‘xtatish tavsiya etiladi, ish beruvchilar esa xodimlarini masofadan ishlashga o‘tkazishga chaqirilmoqda.
Koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha vazir Yasutosi Nisimuraning bildirishicha, agarda vaziyat yaxshilansa, rejim 7 martdan avvalroq bekor qilinadi.
Worldometers sayti ma'lumotiga ko‘ra, Yaponiyada 389,5 mingdan ortiq kishi koronavirus yuqtirgan, 5,7 mingdan ortiq bemor vafot etgan.
Mavzuga oid
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
21:15 / 21.05.2025
Yaponiya qishloq xo‘jaligi vaziri guruch haqidagi gaplaridan keyin iste’fo berdi
09:05 / 21.05.2025