Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Innovatsion rivojlanish vazirligi saytida budjet xarajatlari ma'lum qilib boriladi
Budjetdan ajratilgan mablag‘lar sarflanishining shaffofligini ta'minlash maqsadida Innovatsion rivojlanish vazirligi saytida Budjet bo‘limi tashkil etildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Saytdagi ushbu bo‘limdan 2021 yil uchun Innovatsion rivojlanish vazirligiga ajratilgan budjet mablag‘lari, ilmiy faoliyat, innovatsion ishlanmalar, amaliy tadqiqotlar, joriy yilda moliyalashtiriladigan ilmiy loyihalar va boshqalarga ajratiladigan mablag‘lar haqida ma'lumot olish mumkin.
Vazirlik matbuot kotibi Nazokat Abduqunduzovaning Kun.uz muxbiriga ma'lum qilishicha, «Budjet» sahifasi ochilishining sababi, avvalo, budjet xarajatlarining shaffofligini ta'minlash va jamoatchilikni bu borada xabardor qilish bo‘lsa, ikkinchi sababi - olimlar, tadqiqotchilar va ilmiy jamoatchilikni davlat dasturlari doirasida ilmiy loyihalar uchun grant mablag‘larining qanday taqsimlanayotganidan xabardor qilishdir.
Bildirilishicha, hozirda Innovatsion rivojlanish vazirligi ilmiy loyihalarga mablag‘larni tanlov asosida ajratish amaliyotini yo‘lga qo‘ygan. Shu bois tanlovda kim g‘olib bo‘ldi, qaysi ilmiy jamoa qanday loyiha ustida ish olib bormoqda, degan savol tug‘iladi.
“Biz taqdim etgan ma'lumotlar aynan shu savollarga javob beradi. Shuningdek, mazkur hisobotlarimizdan muayyan ilmiy mavzuga qiziqqan, shu soha mutaxassisi bo‘lgan tadqiqotchilar o‘zlari qiziqqan mavzular bo‘yicha olib borilayotgan tadqiqotlarda ishtirok etish uchun kimga va qayerga murojaat qilishlari mumkinligi haqida ma'lumot oladilar”, - deydi u.
Mavzuga oid
20:08 / 22.05.2025
Issiqlik ta’minoti obektlarini qurishga 500 mlrd so‘m ajratildi
10:18 / 15.05.2025
Rossiya federal budjetning deyarli uchdan bir qismini maxfiylashtirdi
15:03 / 03.05.2025
Tramp AQSh harbiy budjetini 1 trln dollargacha oshirmoqchi
08:10 / 21.03.2025