Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulla Aripov Ulug‘bek Maripovni Qirg‘iziston bosh vaziri etib tayinlangani bilan tabrikladi
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Ulug‘bek Maripovni Qirg‘iziston bosh vaziri etib tayinlangani bilan tabrikladi. Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bosh vazir Abdulla Aripov 3 fevral kuni Ulug‘bek Maripovga Qirg‘iziston Respublikasi bosh vaziri etib tayinlangani munosabati bilan tabrik maktubi yo‘lladi.
Avvalroq, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Ulug‘bek Maripovni bosh vazir etib tayinlash haqidagi farmonni imzolagandi. 41 yoshli Maripov bungacha turli lavozimlarda, jumladan sobiq prezident Almazbek Atamboyevning yordamchisi sifatida faoliyat yuritgan.
Japarov, shuningdek, hukumatning a'zolarini tayinlash haqidagi farmonni ham imzolagan.
Qirg‘iziston parlamenti qaroriga ko‘ra, avvalgi hukumatning deyarli yarim a'zolari, jumladan bosh vazir birinchi o‘rinbosari Artyom Novikov, Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyev va tashqi ishlar vaziri Ruslan Kazakbayev o‘z lavozimlarini saqlab qolishgan. Bir necha kun avval qayta tashkil etilgan mudofaa vazirligiga Taalaybek Omuraliyev rahbar etib tayinlangan.
Qirg‘izistonning yangi hukumatida vazirliklar va boshqarmalar soni avvalgi hukumatga nisbatan deyarli 2 marta qisqartirilgan.
Mavzuga oid
09:21 / 28.05.2025
O‘zbekistonda Yashil iqlim jamg‘armasi vakolatxonasi ochilishi mumkin
08:02 / 28.05.2025
O‘zbekistonda Butunjahon intellektual mulk tashkilotining magistratura dasturi joriy etiladi
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025