Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda mahallalar ichidagi yo‘laklar avtomobil qo‘yishga moslashtiriladi - hokimlik
Aholi o‘z avtomobillarini qo‘yishi qulaylashishi uchun ko‘p qavatli uylar oldidagi yo‘laklar kengaytiriladi.
Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Rahmonov poytaxtda avtoturargohlar masalasini hal qilish uchun ko‘rilayotgan choralar haqida ma'lumot berdi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
«Avtoturargohlar – barcha poytaxt va yirik shaharlarning muammosi. 2021 yilda Toshkent shahrida mavjud 500ta mahallaning barchasida keng miqyosda obodonlashtirish harakatlari olib boriladi. Bu borada birinchi navbatda ko‘riladigan masala – avtoturargohlardir.
Mahallalarda ko‘p qavatli uyga kirish qismi va irrigatsion lotok orasida yo‘laklar bor. Bu yo‘lakka aholi avtomobillarini bo‘yiga ham, eniga ham qo‘yadi. Bu esa shoshilinch tibbiy yordam, o‘t o‘chirish kabi mashinalarning kirishiga imkon qoldirmaydi.
Shuning uchun truba olinib, suv oqishi uchun joy qoldiriladi. Avtomobillar uchun tirkagich (kolesootboynik)lar qo‘yiladi. Bu bilan 3–3,5 metrli yo‘laklarni favqulodda xizmat mashinalari uchun bo‘shatish imkoni paydo bo‘ladi», – dedi Rahmonov «Obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish: 2021 yil rejalari» mavzusidagi matbuot anjumanida.
Baxtiyor Rahmonovga ko‘ra, mahallalar ichida avtoturargohlar qurish masalasi ham ko‘rib chiqilmoqda.
«Mahallalar ichida avtoturargohlar qilinyapti. Aksariyat aholi ularni o‘z kuchi bilan qilyapti. Bunga imkoniyati bo‘lmaganlar, pensionerlar istiqomat qiladigan hududlarda esa avtoturargohlar tuman garaj xo‘jaligi tomonidan tashkil etiladi», – dedi poytaxt hokimining 1-o‘rinbosari.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025