Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston ichida yangi aviareyslar va poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
Farg‘ona va Termizdan Urganchga aviareys qo‘yiladi. Andijondan Xivaga temir yo‘l qatnovi ko‘payadi. Termizdan Qarshi orqali Samarqand va Xivaga poyezd qatnay boshlaydi. Xivadan Urganch orqali Nukusga temir yo‘l reysi paydo bo‘ladi.
Ichki va ziyorat turizmini rivojlantirishga oid prezident farmoni e'lon qilindi.
Farmonga ko‘ra, bir oy muddatda quyidagi yo‘nalishlarda aviareyslar yo‘lga qo‘yiladi:
- «Farg‘ona – Urganch – Farg‘ona»
- «Termiz – Urganch – Termiz»
Shuningdek, bir oy ichida «Andijon – Xiva – Andijon» temir yo‘l qatnovi soni oshiriladi.
2021 yil 1 aprelga qadar quyidagi yo‘nalishlarda doimiy temir yo‘l qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi:
- «Termiz – Qarshi – Xiva»
- «Xiva – Urganch – Nukus»
- «Termiz – Qarshi – Samarqand»
Ikki hafta muddatda O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilish uchun xarajatlarning bir qismini qaytarish tartibi ishlab chiqiladi.
Turoperatorlar bilan birgalikda subsidiyalash mexanizmini qo‘llagan holda boshqa avia va temir yo‘l qatnovlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hukumatga takliflar kiritib boriladi.
Mavzuga oid
17:13 / 27.05.2025
O‘zbekiston Rossiya fuqarolarining mamlakatga kirishini yengillashtirishi mumkin
12:13 / 21.05.2025
O‘zbekistonliklar uchun viza olishni osonlashtirish bo‘yicha AQSh bilan muzokara o‘tkaziladi
16:40 / 14.05.2025
Haj va Umra ziyoratlarini noqonuniy tashkil etishga uringan sayyohlik firmalari aniqlandi
17:00 / 13.05.2025