Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahongir Ortiqxo‘jayev «Istiqlol» majmuasi qurilishi masalasida jamoatchilik bilan uchrashadi
Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev mustaqillikning 30 yilligiga bag‘ishlab, poytaxt markazidagi bog‘da quriladigan «Istiqlol» majmuasi masalasida jamoatchilik bilan uchrashadi.
Hokimlik xabariga ko‘ra, uchrashuv 13 fevral kuni soat 12:00da «Moviy gumbazlar» restorani yonidagi xiyobonda bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, shahar hokimligi yangi majmua qurilishi uchun «Moviy gumbazlar» joylashgan bog‘ni tanlagani e'tirozlarga sabab bo‘ldi.
Majmua loyihasi uchun tanlov e'lon qilingach, ko‘p o‘tmay bir guruh faollar bunga qarshi petitsiya boshlashdi. Onlayn petitsiyada 7 mingdan ortiq kishi ovoz bergan, bevosita 5 mingdan ortiq fuqarodan yig‘ilgan imzolar prezidentning Xalq qabulxonasiga topshirilgan.

Xiyobondagi barcha daraxtlar xatlovdan o‘tkazilgan. Hokimlik ular himoyaga olinishini bildirgan.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025