O‘zbekiston | 17:16 / 12.02.2021
2222
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston aeronavigatsiya aloqalarini kengaytiradi

“Qirg‘izaeronavigatsiya” davlat korxonasi bosh direktori S. Jorobayev boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Tashrif davomida delegatsiya vakillarining Alisher Ashurov boshchiligidagi “O‘zaeronavigatsiya” markazi DUK rahbariyati bilan muzokaralari bo‘lib o‘tdi. 

Muzokarada davlatlar aeronavigatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi provayderlar o‘rtasidagi hamkorlik, muvofiqlashtirish va o‘zaro ta'sir masalalari muhokama qilindi. 

“Qirg‘izaeronavigatsiya” DK vakillari “O‘zaeronavigatsiya” Markazi DUK ma'muriyatiga, Havodagi harakatni boshqarish avtomatlashtirilgan tizimning Toshkent markazi hududiy bo‘linmasiga tashrif buyurib, zamonaviy “INDRA” havodagi harakatni boshqarish avtomatlashtirilgan tizim uskunalarining faoliyati va imkoniyatlari bilan tanishdilar. 

Muzokaralar jarayonida quyidagi masalalar bo‘yicha kelishuvga erishildi:

  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston Respublikasining Havodagi harakatga xizmat ko‘rsatish (HHXK) organlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik va integratsiyani tashkil etish;
  • OLDI xalqaro bayonnoma orqali HHXK markazlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik va muvofiqlashtirishni tashkil etish;
  • ma'lumotlarni uzatish va kasbiy  tayyorgarlik sohalarida beg‘arazlik asosida xizmat turlarini taqdim etish;
  • hududga havo maydonidan foydalanuvchilarni jalb qilish maqsadida yangi havo yo‘llarini ishlab chiqish va joriy etish.

Uchrashuv davlatlar havo makonida parvozlar xavfsizligi, muntazamligi va tejamkorligini ta'minlashda xizmat qiladi.

Аброр Зоҳидов
Tayyorlagan Аброр Зоҳидов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid