Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Alisher Usmonovga tegishli kompaniya O‘zbekiston yoqilg‘i-energetika kompleksini raqamlashtirishda ishtirok etadi
Rossiyaning «IKS Xolding» ko‘p tarmoqli IT kompaniyacining ishchi guruhi O‘zbekiston yoqilg‘i-energetika kompleksini raqamlashtirish konsepsiyasi va yo‘l xaritasini ishlab chiqish uchun Toshkentga keldi.
11 fevral kuni energetika vaziri Alisher Sultonov, energetika kompaniyalari rahbarlari, shuningdek «IKS Xolding» vitse-prezidenti Stanislav Kiselev va transformatsiya direktori Yekaterina Zemskova ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
«Aksariyat bozorlar, shu jumladan Rossiya va O‘zbekistonda ham hozirgi kunda iqtisodiyotning barcha sohalari raqamli transformatsiyaning faol bosqichida. «IKS Xolding» vazifani muvaffaqiyatli uddalash uchun yetarli texnik yechimlarga ega. Bunga metallurgiya va neft qazib olish sohalarida yirik sanoat korxonalarini raqamlashtirish bo‘yicha yirik loyihalarni amalga oshirish jarayonida to‘plangan bilim va tajriba kiradi», – deya Stanislav Kiselevning so‘zlari keltirilgan kompaniya relizida.
Ma'lum qilinishicha, loyiha uch bosqichda amalga oshiriladi:
- O‘zbekistonning neft-gaz va energetika sohalarida faoliyat yurituvchi korxonalarining hozirgi biznes jarayonlari va AKT infratuzilmasini o‘rganish;
- dunyoning ilg‘or tajribalarini tahlil qilish va raqamlashtirish bo‘yicha takliflarni shakllantirish;
- sanoatni raqamli o‘zgartirish uchun umumiy yo‘l xaritasini yaratish.
«IKS Xolding» va O‘zbekiston Energetika vazirligi o‘rtasidagi shartnoma 2020 yil 15 dekabrda, O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasida imzolangan.
Loyiha Energetika vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari tarmoqlararo energiya tejash fondi bilan birgalikda amalga oshirilishi belgilangan.
Ma'lumot uchun, rossiyalik milliarder Alisher Usmonovga tegishli USM xolding kompaniyasi 2020 yilda «IKS Xolding»ning 100 foiz aksiyalarini sotib olgan. «IKS Xolding» tarkibiga beshta subholdingga birlashtirilgan 27ta kompaniya kiradi.
Avvalroq, Alisher Usmonovga tegishli bo‘lgan USM Telesom va «MegaFon» o‘zbekistonlik hamkorlar bilan birgalikda yangi qo‘shma korxona – Dijital Holdingni tashkil etgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
20:26 / 01.04.2025
Forbes milliarderlar ro‘yxatini yangiladi: Usmonov O‘zbekiston vakili sifatida ko‘rsatilgan
16:46 / 14.03.2025
Alisher Usmonovning singlisi Gulbahor Ismoilova sanksiyalardan ozod etilgan bo‘lishi mumkin
14:43 / 01.03.2025
Yoqilg‘i-energetika sohasidagi huquqbuzarliklar uchun sanksiyalar qanday qo‘llanadi?
22:38 / 14.02.2025