Jahon | 20:33 / 13.02.2021
17917
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada 7,1 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Yaponiyada rixter shkalasi bo‘yicha 7,1 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila markazi Fukusima prefekturasi hududidagi Tinch okeani havzasi bo‘lgani aytilmoqda. Ma'lum bo‘lishicha, zilzila 60 km chuqurlikda sodir bo‘lgan.

Foto: USGS

Ba'zi manbalarning yozishicha, Yaponiyada sunami xavfi e'lon qilingan. Biroq Yaponiya milliy sayyohlik tashkiloti bunday ogohlantirish bo‘lmaganini ma'lum qilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda yaponiyaliklar zilzila sodir bo‘lgani ko‘ringan videolar joylamoqda. Unda chiroqlar o‘chib qolgani ko‘ringan.

Ba'zi foydalanuvchilarning yozishicha, gaz va elektr tarmog‘ida uzilish kuzatilgan. Qurbonlar va jabrlanganlar haqida ma'lumot yo‘q.

Ўткир Жалолхонов
Tayyorlagan Ўткир Жалолхонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid