Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ruslanbek Davletov birorta ham vazirlik o‘z litsenziya huquqini berishga tayyormasligi haqida gapirdi
Adliya vaziri Ruslanbek Davletov litsenziya berish bo‘yicha sohalarni kamaytirishda idoraviy manfaatlar to‘qnashuvi kuzatilgani va vazirlik o‘zining litsenziya huquqini berishga rozi bo‘lmaganini aytib o‘tdi.
«Bu yil Adliya vazirligi 200ta qonun hujjatini ishlab chiqdi. Guvohi bo‘lganingizdek, litsenziya bo‘yicha prezident qarori qabul qilindi. Juda qattiq ish bo‘ldi bu yerda.
Idoraviy manfaatlar. Birorta vazirlik o‘zining litsenziya huquqini berishga tayyor emas. «Yo‘q, bu bizga kerak. Bu narsani biz boshqarib borishimiz kerak, bu yerdagi tizim ertaga buzilib ketadi», deyishadi.
Ya'ni zamonaviylik kiritish nuqtayi nazaridan idoraviy manfaatlardan o‘ta oldik. Prezidentimizning siyosiy irodasi natijasida litsenziya berish bo‘yicha tubdan yangilangan farmon qabul qilindi», deya Adliya vazirining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
12:02 / 16.05.2025
Umra litsenziyasi berilgan turfirmalar soni 2 taga ko‘paydi
16:23 / 30.04.2025
Turagentlik faoliyati uchun litsenziya talabi bekor qilinadi
18:33 / 18.04.2025
Mineral o‘g‘itlar va pestitsidlar savdosi uchun endi litsenziya talab qilinadi
15:04 / 08.04.2025