Ohak ishlab chiqarish sexi 1,4 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Joriy yilning 15 fevral kunidan 16 fevral kuniga o‘tar kechasi “Hududgaz Xorazm” gaz ta'minoti filialining Moddiy resurslardan oqilona foydalanish va korrupsiyaga qarshi siyosatni amalga oshirish bo‘limi Davlat xavfsizlik xizmatining Xorazm viloyati boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Urganch tumanida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash bo‘yicha reyd tadbirlari o‘tkazdi.
Tekshiruv davomida Urganch tumanining Begovot qishlog‘i, “Qo‘ng‘irot” mahallasida joylashgan ohak ishlab chiqarish sexida yashirin yo‘llar bilan, tabiiy gaz hisoblagichisiz, yuqori bosimli gaz tarmog‘iga D-50 mm bo‘lgan polietilen quvur yordamida noqonuniy ulanib, 10 dona qo‘lbola yondirgichdan foydalangan holda ohak pishirilayotganligi aniqlandi.
Ushbu ohak ishlab chiqarish sexi 2020 yilning qish mavsumida kafolatlanmagan iste'molchi sifatida tabiiy gaz ta'minotidan uzilgan. Hozirda mazkur iste'molchi tabiiy gaz tarmog‘idan ajratilgan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, gaz ta'minoti tashkilotiga yetkazilgan zarar miqdori 1,4 mlrd so‘mni tashkil etdi, deyiladi “Hududgaz Xorazm” matbuot xizmati xabarida.
Mavzuga oid
12:07 / 09.11.2024
Xorazmda mevaga kira boshlagan intensiv bog‘ buzib tashlandi
10:20 / 30.10.2024
Zangiotada gazdan noqonuniy foydalangan shaxslar ushlandi
15:54 / 29.10.2024
Toshkent tumanidagi qariyb 43 ming xonadonda noma’lum muddatga gaz o‘chiriladi
16:23 / 28.10.2024