Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada mart oyidan karantin cheklovlari yumshatila boshlanadi
Turkiyada mart oyidan boshlab joylardagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib koronavirusga qarshi kiritilgan cheklovlar sekin-asta yumshatila boshlanadi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an aytib o‘tdi.
Ayni vaqtda Turkiyada ish kunlari soat 21dan 5gacha hamda juma soat 21dan dushanba soat 5gacha komendantlik soati amal qilib kelmoqda. Bundan tashqari, niqob taqish va ijtimoiy masofaga amal qilish shart qilib belgilangan. Restoranlar, kafelar, tungi klublar va boshqa ko‘ngilochar joylar yopilgan.
“Koronavirusga qarshi kurash sur'atlari va muvaffaqiyatlarimizni hisobga olib, mart oyidan boshlab sekin-asta cheklovlarni bekor qilishni boshlaymiz. Biz hududlarni to‘rt toifaga – yuqori, qoniqarli, o‘rta va past xavfga ega hududlarga bo‘lib chiqamiz. Bu toifalar bo‘yicha har bir viloyatda dam olish kunlari komendantlik soatini bekor qilishdan boshlab alohida yechimlar qabul qilinadi”, deb aytgan Erdo‘g‘an jurnalistlarga.
Turkiya yetakchisi yaqin kunlarda restoran, kafe va boshqa umumiy ovqatlanish shoxobchalari ochilishi bo‘yicha yo‘l xaritasi e'lon qilinishini qo‘shimcha qilgan.
Erdo‘g‘an, shuningdek, Turkiyada 5,5 mlndan ko‘proq kishi koronavirusga qarshi emlanganini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
20:52 / 15.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidenti bilan uchrashdi
02:31 / 15.05.2025
Putin Ukraina bilan muzokaralarda ishtirok etadigan delegatsiya tarkibini tasdiqladi
23:40 / 14.05.2025
Zelenskiy: Ukraina muzokaralarning har qanday formatiga tayyor
17:14 / 14.05.2025