Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Bu - ikkinchi non». Shavkat Mirziyoyev kartoshkachilikdagi muammolarni sanadi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrifi davomida kartoshkachilikdagi muammolarni birma-bir sanab, bu yo‘nalishni rivojlantirishga e'tiborni kuchaytirishga chaqirdi.
«Maxsus rakurs» ko‘rsatuvida xabar qilinishicha, davlat rahbari kartoshka yetishtirishni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratgan.
Bosh vazir o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyev «bu rivojlanmagan yo‘nalishlardan biri» deb ta'rif bergan bo‘lsa, prezident qishloq xo‘jaligi vaziriga kartoshkachilikda hosilni ko‘paytirish, bu yo‘nalishda vengriyalik hamkasblari bilan hamkorlik ustida ishlash bo‘yicha topshiriq berdi.
«Bitta kollejni olib bo‘shatginda, Xo‘jayev qoshida..., ularning odamlarini qisqartirib, pul berib, aylanma mablag‘ qilib. Chet elga juda katta kartoshka ketyapti-da. Ikkinchidan, O‘zbekiston sharoitida bekordan bekor yerning vaqtini o‘tkazyapmiz. Qayerga kartoshka ekishni bilmaymiz, qaysi navni ekishni bilmaymiz, qaysi yo‘nalish bo‘yicha, kartoshkaning turlari bo‘yicha qilolmayapmiz. O‘zbekistonda bu - ikkinchi non. Hozirgi hisob-kitob bo‘yicha 1 mln 800 ming kartoshka kerak bo‘lsa, 2 mln 700 mingga yerimiz bor, lekin hosildorlik yo‘qligi uchun hech qanday pirovard maqsadga erisha olmayapmiz», - dedi davlat rahbari.
Mavzuga oid
22:51 / 27.05.2025
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
21:47 / 27.05.2025
Yuk temiryo‘l stansiyalari poytaxt hududidan ko‘chirilishi mumkin
01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
23:54 / 26.05.2025