Germaniya prezidenti boy mamlakatlarni qashshoq mamlakatlarga vaksina berishga chaqirdi
Avvalroq Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron rivojlangan davlatlar o‘zlaridagi zaxira vaksinaning 4-5 foizini rivojlanayotgan davlatlarga berishi mumkinligini aytgandi.
Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyer boy mamlakatlarni o‘zlaridagi vaksinaning bir qismini qashshoq mamlakatlarga berishga chaqirdi. U Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyyesus bilan onlayn anjumanda ana shunday bayonot bilan chiqdi.
"Yaqin haftalar va oylarda vaksinalar hamma yerda taqchil mahsulotga aylanadi. Yevropa va Germaniyadagi zaxira vaksinalarning bir qismini berishga qanchalik tez tayyor bo‘lsak, infeksiyaning butun dunyo bo‘ylab tarqalishini shunchalik tez to‘xtata olamiz", - deb ta'kidladi Shtaynmayyer.
Avvalroq Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron rivojlangan davlatlar o‘zlaridagi zaxira vaksinaning 4-5 foizini rivojlanayotgan davlatlarga berishi mumkinligini aytgandi.
Germaniya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, hozirda vaksina miqdori va uni berish muddati bo‘yicha hukumatlararo maslahatlashuvlar olib borilmoqda.
O‘z navbatida, JSST bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyyesus pandemiyaga qarshi kurashishga mablag‘ ajratish ijobiy qadam ekanligini, ammo bozorda qashshoq mamlakatlar uchun vaksina qolmaydigan bo‘lsa bu hech qanday yordam bermasligini ta'kidladi.
"Yuqori daromadli davlatlardan iltimos qilaman: ishlab chiqaruvchilardan ko‘p vaksina sotib olish uchun murojaat qilganingizda bu COVAX dasturiga putur yetkazmasligiga ishonch hosil qiling", - dedi u.
Ma'lumotlarga ko‘ra, hozirda sayyoraning 16 foiz aholisi istiqomat qiladigan boy mamlakatlar koronavirusga qarshi vaksinalarning uchdan ikki qismini sotib olgan. Qashshoq mamlakatlar aholisi butun dunyodagi emlangan odamlarning atigi 0,5 foizini tashkil qiladi.
Mavzuga oid
16:51
Bolalarda ham qo‘llash mumkin bo‘lgan maymun chechak vaksinasi tasdiqlandi
17:48 / 01.11.2024
Dunyodagi eng halokatli infeksiya nomi ma’lum bo‘ldi
20:25 / 23.10.2024
Britaniyada norovirusga qarshi dunyodagi birinchi vaksinani sinovdan o‘tkazish boshlandi
21:15 / 13.09.2024