The New York Times nashri COVID-19 qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan 500 ming nuqta tasvirini nashr etdi
The New York Times nashri birinchi sahifasida koronavirusdan vafot etgan insonlar xotirasiga bag‘ishlangan 500 ming nuqta tasvirini chop etdi.
Sarlavha quyidagicha nomlangan "Yo‘qotishlar: AQShda koronavirusdan vafot etganlar soni yarim millionga yaqinlashmoqda".
Nuqtalar 12 oy ichida o‘lim ko‘rsatkichlari qanday o‘zgarganligini ko‘rsatadi. Katta o‘zgarishlar 2020 yil aprel oyida va 2021 yil qishda bo‘lib o‘tdi. O‘limning maksimal darajasi joriy yilning yanvar, fevral oylariga to‘g‘ri keladi.
Grafika mualliflari odamlarni pandemiya hanuzgacha davom etayotganini unutmaslikka chaqirgan.
Dunyoda 112 million odam koronavirus bilan kasallangan, 87 millioni sog‘aygan, 2,4 million kishi vafot etgan.
Avvalroq JSST mutaxassisi koronavirusning odamlarga yuqish ehtimoli yuqori bo‘lgan versiyasini aytgan edi.
Mavzuga oid
18:52 / 19.09.2024
Koronavirusning yangi shtammi O‘zbekistonda aniqlanmadi - SSV
00:02 / 27.08.2024
Moldova prezidentida COVID-19 aniqlandi
14:15 / 14.08.2024
Janubiy Koreya COVID-19 holatlari ko‘paygani sababli kurash choralarini kuchaytiradi
20:02 / 25.06.2024