Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uychi tumani «to‘rtligi»ning ishdan olinishi aks etgan yangi lavhalar e'lon qilindi
Namangan shahrida xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Namangan viloyati Uychi tumani «to‘rtligi» ishdan olingandi.

«Maxsus rakurs» ko‘rsatuvida xabar qilinishicha, tumanning to‘rtta sektori rahbari yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, iqtisodiy ahvol yaxshilanmagani, topshiriqlar bajarilmagani sababli lavozimidan ozod etilgan.
«Nega Uychi tumanining hamma ko‘rsatkichlari respublikada eng oxirgi? Hech qanday imkoniyat [yo‘q], to‘rtoving ham ishdan bo‘shaysan», - dedi Shavkat Mirziyoyev sessiyada.
Eslatib o‘tamiz, tumanga 2018 yil avgustidan buyon Muhammadayubxo‘ja Apaqov hokimlik qilib kelayotgandi. Shuningdek, Ulug‘bek Nomanov tuman prokurori, Avazbek Xo‘jaxonov ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i va Adhamjon Mahmudov davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i sifatida ishlab kelgan.
Sessiya davomida davlat rahbari tomonidan Chust tumani 4ta sektor rahbarlariga Chust tajribasi sifatida ish tashkil etish topshirig‘i berildi. Sektor rahbarlari 6 oydan keyin hisobot berishi aytib o‘tildi. 4ta sektor rahbari 6 oy mobaynida o‘zgarish qilishga va'da berdi.
Mavzuga oid

22:51 / 27.05.2025
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

21:47 / 27.05.2025
Yuk temiryo‘l stansiyalari poytaxt hududidan ko‘chirilishi mumkin

01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi

23:54 / 26.05.2025