Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya bosh vaziri o‘g‘li vazirlik vakillari bilan ovqatlangani uchun parlamentda kechirim so‘radi
Seygo Suga va uning hamkasblari vazirlikning 11 nafar vakili bilan birga ovqatlangan va ular uchun ham pul to‘lagan.
Yaponiya bosh vaziri Yosixide Suga Tohokushinsha Film prodyuserlik kompaniyasi xodimi bo‘lgan o‘g‘li Seygo Suga ichki ishlar va kommunikatsiya vazirligi vakillari bilan birga ovqatlangani uchun parlamentdagi debatlar chog‘ida uzr so‘radi.
"O‘g‘lim mansabdorlarning axloq kodeksini buzishlariga sababchi bo‘lgani uchun kechirim so‘rayman", - dedi hukumat rahbari.
Kyodo agentligining xabar berishicha, 2020 yilda Seygo Suga va uning hamkasblari vazirlikning 11 nafar vakili bilan birga ovqatlangan va ular uchun ham pul to‘lagan.
Ichki ishlar va kommunikatsiya vazirligi prodyuserlik kompaniyalari faoliyati uchun litsenziya beradi. Shu tarzda, mansabdorlar manfaatdor shaxslardan sovg‘a olishni taqiqlovchi axloq kodeksini buzishgan.
Mavzuga oid
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
21:15 / 21.05.2025
Yaponiya qishloq xo‘jaligi vaziri guruch haqidagi gaplaridan keyin iste’fo berdi
09:05 / 21.05.2025