Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda alimentdan qarz bo‘lgan ota 67 million so‘m qarzini to‘ladi va farzandlariga uyini berdi
Samarqand viloyati Jomboy tumanida alimentdan qarz bo‘lgan ota 67 million qarzini to‘ladi va farzandlariga uyini ham berdi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyati boshqarmasi axborot xizmati Kun.uz’ga ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Jomboy tumanlararo sudi 2014 yil 10 noyabrda qarzdor Z.V.dan da'vogar F.I.ning foydasiga bir nafar farzandining moddiy ta'minoti uchun har oyda daromadining to‘rtdan bir yarmi miqdorida aliment to‘lashi haqida qaror chiqargan. Ammo Z.V. aliment pullarini o‘z vaqtida to‘lamay kelgan.
Shundan so‘ng, mazkur qarorning ijro hujjati MIB Jomboy tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro ishi yurituvi qo‘zg‘atilgan.
Ta'kidlanishicha, majburiy ijro harakatlari davomida MIB ijrochilari tomonidan qarzdorga kelib chiqishi mumkin bo‘lgan huquqiy oqibatlar tushuntirilganda qarzdor ota shu paytgacha bo‘lgan qarzi 67 million 732 ming so‘mni to‘lagan. Bundan tashqari u farzandlariga o‘z nomidagi uyini berish istagini bildirgan.
Natijada, sobiq turmush o‘rtoqlar o‘zaro kelishib, Z.V. Jomboy tuman hududida joylashgan uyini sobiq turmush o‘rtog‘i F.I. nomiga rasmiylashtirib bergan va mazkur ijro hujjati tegishli tartibda tamomlangan.
Mavzuga oid
20:20 / 27.05.2025
Uchqo‘rg‘on hokimligi xodimi ikki ayolidan farzandlariga bir necha yillik aliment qarzini to‘lamayapti
23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi
18:43 / 16.05.2025