Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada havo harorati bir haftada 41 darajaga o‘zgardi
14 fevral kuni Gettingenda harorat minus 23,8 darajani tashkil etgan bo‘lsa, 21 fevral kuni havo harorati plyus 18,1 darajaga teng bo‘lgan.
Germaniyada havo harorati bir haftada 41 darajadan ko‘proqqa – minus 23 darajadan plyus 18 darajaga ko‘tarildi. Bu haqda The Local nashri xabar bermoqda.
Meteorologlarning ma'lumot berishicha, 14 fevral kuni Gettingenda harorat minus 23,8 darajani tashkil etgan. Oradan bir hafta o‘tib, 21 fevral kuni havo harorati plyus 18,1 darajaga teng bo‘lgan.
Shu tarzda, bir hafta ichida harorat o‘zgarishi 41,9 darajani tashkil etdi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, avvalgi rekord 1880 yil may oyida qayd etilgan. O‘shanda havo harorati bir hafta ichida 41 darajaga o‘zgargan.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:22 / 28.05.2025
Germaniyadagi qochqinlar soni 3,5 million kishiga yetdi
12:20 / 27.05.2025
Germaniya kansleri Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
23:34 / 26.05.2025