Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Maxsustrans» chiqindi doimiy yig‘ilib qoladigan manzillar ro‘yxatini tuzmoqda
Fuqarolardan chiqindi uyumlari yig‘ilib qolgan manzillar haqidagi ma'lumotlarni maxsus sahifalarda qoldirish so‘ralgan.
“Maxsustrans ishlab chiqarish boshqarmasi” davlat unitar korxonasi Toshkent shahrini obodonlashtirish va sanitar holatini barqarorlashtirishga bag‘ishlangan aksiya o‘tkazmoqda.
Mazkur aksiya doirasida “Maxsustrans - ishlab chiqarish boshqarmasi” davlat unitar korxonasi tomonidan maishiy chiqindi uyumlari yig‘ilib qoladigan manzillar ro‘yxati shakllantirilmoqda. Jamlangan ro‘yxatdagi ko‘rsatib o‘tilgan manzillarda yig‘ilgan maishiy chiqindini maxsus texnikalar yordamida olib chiqib ketish rejalashtirilyapti.
Korxona matbuot xizmatining xabar berishicha, fuqarolardan aksiyada faol ishtirok etgan holda, chiqindi uyumlari yig‘ilib qolgan manzillar haqidagi ma'lumotlarni t.me/maxsustrans_support «Telegram» manzilida hamda Maxsustrans DUK «Feysbuk» sahifasida qoldirish so‘raladi.
Mavzuga oid
11:08 / 14.04.2025
Birminghemda chiqindi yig‘uvchilarning ish tashlashi: hukumat qo‘shinlarni jalb qildi
23:07 / 02.04.2025
Germaniyada chiqindini kim noto‘g‘ri saralayotganini aniqlashda sun’iy intellektdan foydalanish boshlandi
15:11 / 26.03.2025
Toshkentga 6 mingga yaqin chiqindi qutilari yetishmaydi - Ekologiya boshqarmasi
09:41 / 26.03.2025