Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ozarboyjon Tog‘li Qorabog‘da xalqaro aeroport qurishni boshladi
Ilhom Aliyevning so‘zlariga ko‘ra, aeroport xorijdan keladigan yuklarni qabul qilish hamda qo‘shni davlatlar fuqarolarining Shusha shahriga oson yetib borishlariga imkoniyat yaratadi.
Boku Tog‘li Qorabog‘dagi Fuzuliy rayonida xalqaro aeroport qurishga kirishdi. Bu haqda Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev ma'lum qildi.
"Fuzuliydagi aeroport bo‘yicha ishlar boshlandi. Aeroport tez muddatda foydalanishga topshiriladi. Barchasi rejadagidek ketsa, shu yilning kuzida aeroport foydalanishga topshiriladi", - dedi u.
Ozarboyjon prezidentining qo‘shimcha qilishicha, aeroport xorijdan keladigan yuklarni qabul qilish hamda qo‘shni davlatlar fuqarolarining Shusha shahriga oson yetib borishlariga imkoniyat yaratadi.
Aliyev aeroport bilan birga, Shusha shahriga olib boradigan ikkita avtoyo‘l qurilayotganini aytdi.
Uning ta'kidlashicha, Fuzuliydagi aeroport barcha turdagi, jumladan, eng og‘ir samolyotlarni ham qabul qila oladi.
Mavzuga oid
18:21 / 18.05.2025
Ispaniyada yuzlab boshpanasizlar aeroportni «egallab oldi»
10:30 / 15.05.2025
Rossiya aeroportlari 2025 yilda dronlar tufayli 217 marta yopildi
14:19 / 01.05.2025
Urganch aeroporti Koreyaning Inchon aeroporti bilan sheriklikda boshqariladi
17:32 / 29.04.2025