Samarqandda o‘tgan yil 233 nafar qidiruvdagi shaxs ushlangan

Samarqand viloyatida 2020 yil davomida, jinoyat sodir etib, sud va tergov idoralaridan yashiringan qidiruvdagi shaxslarning 233 nafari ushlangan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati yillik sarhisobida ma'lum qilmoqda.
Qayd etilishicha, 2020 yil 12 oy davomida viloyatdagi 1 100 ta mahallaning 673 tasida yoki 61,2 foizida jinoyat sodir etilmagan. 101 tasida yoki 9,2 foizida jinoyatlar soni kamaygan. 72 tasida yoki 6,5 foizida jinoyatlar soni 2019 yilda sodir etilgan jinoyatlar soni bilan teng bo‘lgan.
Bundan tashqari, giyohvandlik vositalarini qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash, o‘tkazish va boshqa harakatlar qilishga qarshi kurashish borasida o‘tkazilgan tadbirlar natijasida 2020 yil davomida 97,7 kilogrammdan ortiq giyohvand moddalar daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mavzuga oid

21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi

18:43 / 16.05.2025
Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi

12:02 / 11.05.2025
Samarqanddagi uyda gaz portlashi qurbonlari soni oshdi

15:18 / 09.05.2025