Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyaga yuborish va'dasi bilan o‘zbekistonlikni 57 ming dollarga chuv tushirgan koreyalik qo‘lga olindi
O‘zbekiston fuqarosini Janubiy Koreyaga jo‘natishni aytib, undan ko‘p miqdorda pul olgan xorij fuqarosi qo‘lga olindi.
O‘zbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, 2020 yilning oktyabrida Janubiy Koreya fuqarosi 59 yoshli Kim Yeon Sun Mirobod tumani Afrosiyob ko‘chasida joylashgan vaqtincha yashash xonadonida bo‘la turib, 37 yoshli S.X.ning ishonchiga kirgan.
U S.X.ga Janubiy Koreyaga ishga yuborishini va'da qilib, jami 57 000 AQSh dollarini aldov yo‘li bilan olib, bergan va'dasini bajarmagan.
Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Kim Yeon Sunga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi (juda ko‘p miqdorda firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlariga kirishilgan.
Hozirda tergov davom etmoqda.
Mavzuga oid
10:43 / 26.05.2025
“Koreyada olgan tajribani qishlog‘imda qo‘llamoqchiman” – bo‘sh yerlarni o‘zlashtirayotgan shahrixonlik yigit
08:42 / 26.05.2025
Yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi
08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
00:47 / 24.05.2025