Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Finlyandiyada koronavirus tarqalishi avj olganligi sababli favqulodda holat joriy etildi
Oxirgi ikki hafta davomida mamlakatning qator hududlarida koronavirus yuqtirish holatlari soni jadal o‘sishi kuzatilmoqda. Laplandiyaning tog‘li kurortlarida hamda qurilish maydonlaridagi ishchilar orasida kasallanish holatlari ko‘paygan.
Finlyandiya hukumati mamlakatda koronavirus tarqalishi avj olganligi sababli favqulodda holat joriy etdi, deb xabar berdi Reuters.
Oxirgi ikki hafta davomida mamlakatning qator hududlarida koronavirus yuqtirish holatlari soni jadal o‘sishi kuzatilmoqda. Laplandiyaning tog‘li kurortlarida hamda qurilish maydonlaridagi ishchilar orasida kasallanish holatlari ko‘paygan.
Pandemiya boshlaganidan buyon Finlyandiya 58 mingdan ortiq holat qayd etilgan, 742 nafar bemor vafot etgan.
Mamlakatda 1 martdan cheklovlar kuchaytirildi. Epidemiologik vaziyat noxush hududlarda sauna va basseynlar, sportzal va fitnes-klublar yopildi, deb xabar bermoqda Yle portali. Yuqori sinf o‘quvchilari masofadan o‘qishga o‘tkazildi, 12 yoshdan katta bolalar uchun maktabdan tashqari mashg‘ulotlar bekor qilindi.
Portalning ma'lumot berishicha, hukumat 8 martdan 28 martgacha uch haftalik lokdaun joriy etishni rejalashtirmoqda.
Mavzuga oid
15:21 / 20.05.2025
Finlyandiya Rossiya aktivlaridan daromad hisobiga Kiyevga qurol yetkazib beradi
12:22 / 05.03.2025
Tatuirovka teri saratoniga sabab bo‘lishi mumkin
22:25 / 24.11.2024
Finlandiyada omon qolish kurslariga yozilayotgan ayollar soni keskin oshdi
23:18 / 23.11.2024