Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erkin Turdimov: Samarqandda 50 yilda 49 600ta, oxirgi 3 yilda 21 300ta xonadon qurilgan
Joriy yilning 3 mart kuni davlat rahbari uy-joy qurilishi va ipoteka bozorini rivojlantirish borasidagi vazifalar bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi. Tadbirda Samarqand viloyati hokimi Erkin Turdimovga ham so‘z berildi.
“Samarqand viloyati misolida olsak, hozirgi ko‘lamda uylar qurilishi oxirgi 50 yilda kuzatilmagan. Viloyat bo‘yicha 50 yilda 49 600ta xonadonli 1 588ta ko‘p qavatli uy qurilgan bo‘lsa, oxirgi 3 yilda 21 300ta xonadondan iborat 416ta ko‘p qavatli uy qurib bitkazilgan. Yangi qabul qilinayotgan farmonga ko‘ra, Samarqand viloyatida 4 479ta xonadonli ko‘p qavatli uylar qurilishi belgilanmoqda. Shundan 2 180ta xonadonga muhtojlar uchun subsidiya ajratiladi.
Endi uylarni tarqatishda tanish-bilishchilikning oldini olish uchun jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari jalb qilinishi oldingiday xatolarga yo‘l qo‘ymaydi”, – dedi Erkin Turdimov o‘z nutqida.
Avvalroq, prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda aholining ehtiyojini qondirish uchun yiliga kamida 100-150 mingta uy-joy qurish talab etilishi haqida aytib o‘tgandi.
«Hisob-kitoblarga ko‘ra, mamlakatimiz aholisining uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondirish uchun yiliga kamida 100-150 mingta uy-joy qurish kerak», deya prezidentning so‘zlarini keltirgan Kun.uz muxbiri.
Shuningdek, davlat rahbari ipoteka bo‘yicha 6 oylik imtiyozli davr kiritilishi, shaharlarda dastlabki badal 20 foizdan 15 foizga tushirilishi haqida ma'lum qildi.
«Past daromadli, uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj oilalarga 15 foizlik dastlabki badalning 10 foizi subsidiya sifatida to‘lab beriladi. Ya'ni aholi uy olish uchun dastlabki badalning 5 foizini to‘laydi, xolos», dedi Shavkat Mirziyoyev.
Mavzuga oid
23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi
18:43 / 16.05.2025
Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi
12:02 / 11.05.2025