Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston prezidentining feysbukdagi akkauntiga buzib kirilgani ma'lum qilindi
Avvalroq parlamentdagi ovoz berish jarayoni to‘g‘risidagi postga foydalanuvchi "Sadir Japarov" deputat Doston Bekeshev to‘g‘risida haqoratli izoh qoldirgani aytilgandi.
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning feysbukdagi akkauntiga noma'lum shaxslar buzib kirishgan, deb ma'lum qildi Japarovning matbuot kotibi Galina Bayterek.
"Bu kimsalar turli postlar ostida izohlar qoldirishgan", - deb qo‘shib qo‘ydi u.
Bayterekning ta'kidlashicha, Japarovning oxirgi izohlarga hech qanday aloqasi yo‘q.
"Akipress"ning xabar berishicha, parlamentdagi ovoz berish jarayoni to‘g‘risidagi postga foydalanuvchi "Sadir Japarov" deputat Doston Bekeshev to‘g‘risida haqoratli izoh qoldirgan.
Sadir Japarov 2020 yilda yuz bergan tartibsizliklardan so‘ng hokimiyat tepasiga kelgandi. U 2021 yil yanvarda o‘tkazilgan prezident saylovida g‘alaba qozondi.
Mavzuga oid
21:21 / 03.04.2025
Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Qozog‘iston prezidentlari bilan uchrashdi
20:20 / 31.03.2025
O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston davlat rahbarlari Xo‘jand qal’asini tomosha qildi
18:54 / 31.03.2025
Shavkat Mirziyoyev Xo‘jandda Sadir Japarov bilan uchrashuv o‘tkazdi
12:58 / 31.03.2025