Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sherzod Hidoyatov yangi qurilayotgan uylarni qabul qilishda joriy etiladigan yangi tizim haqida ma'lumot berdi
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri Sherzod Hidoyatov so‘nggi uch yil ichida uy-joy qurilishi keskin ortib ketishi oqibatida yer ostidagi, ko‘zga ko‘rinmaydigan kommunikatsiya tizimiga yuklama oshgani haqida gapirdi. Ma'lum qilinishicha, respublika bo‘yicha 45 ming xonadonli uyni suv va kommunikatsiya tizimi bilan ta'minlash masalasi Qurilish vazirligi bilan birgalikda amalga oshiriladi.
«Ilgari suv-kanalizatsiya quvurlari yiliga 500-1000 kilometrgacha tortilgan bo‘lsa, hozirda yiliga 4000-5000 kilometrli quvurlar tortilmoqda. Juda ko‘p joylarni suv bilan ta'minlash ishlari olib borilmoqda.
Tizimdagi eng katta muammolardan biri - kommunal xizmat ko‘rsatuvchi mutaxassislarning yetishmasligi. Yetishmayotgan kadrlarni Mehnat vazirligi bilan birgalikda kollejlarda zamonaviy metodikalar asosida o‘qitishni yo‘lga qo‘yamiz.
Bundan buyon, yangi qurilayotgan uylarni qabul qilish jarayonida Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi inspeksiya mutaxassislari ishtirok etadi. Ularning ishtirokisiz uy qabul qilinmaydi. Yangi qurilgan uylarni qabul qilishda yangi tizim yaratmoqchimiz», degan vazir Xalqaro press-klubning «Qurilish sohasida inqilobiy o‘zgarishlar: yuqori sifat va odamlar roziligi» mavzusida o‘tkazilgan sessiyasida.
Yangi talablar asosida uylarning kommunikatsiya tizimiga, o‘t o‘chirish tizimiga, signalizatsiya tizimi alohida qabul qilinadi. Yangi uylardagi har bitta xonadonga aholi xavfsizligini ta'minlash uchun is gazidan ogohlantiruvchi gaz analizatorlar o‘rnatilishi ham ko‘zda tutilgan.
Uylarning yonida o‘t o‘chirish mashinalari uchun garaj, har bir yo‘laklarda o‘t o‘chirish quvurlari, signalizatsiya punktlari joriy qilinadi.
Mavzuga oid
16:48 / 31.01.2025
O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasiga yangi rais saylandi
18:30 / 07.10.2024
Qurilish sohasida aholi noroziligiga sabab bo‘layotgan holatlar haqida ma’lumot berildi
12:05 / 17.07.2024
Botir Zokirov qurilish vaziri lavozimidan ketdi
11:37 / 13.07.2024