Rolls-Royce 2020 yilda 4 mlrd funt zarar ko‘rdi
Qayd etilishicha, kompaniya 2019 yilda 583 mln funt sterling foyda ko‘rgan.
Britaniyaning aviatsiya, kemalar va energetika uchun jihozlar ishlab chiqaruvchi Rolls-Royce kompaniyasi 2020 yilni 4 mlrd funt sterling zarar bilan yakunladi.
Qayd etilishicha, kompaniya 2019 yilda 583 mln funt sterling foyda ko‘rgan.
Aviatsiya sohasi uchun jihozlar ishlab chiqaruvchi bo‘linma eng ko‘p zarar ko‘rgan. Rolls-Royce aviakompaniyalardan kompaniya ishlab chiqargan dvigatellar o‘rnatilgan samolyotlarning parvoz qilgan soatlari uchun pul oladi. Pandemiya sababli 2020 yilda aviaparvozlar kam amalga oshirilgani sababli to‘lov miqdori kamayib ketgan.
Kompaniya 9 ming ish o‘rnini qisqartirishiga va 5,3 mlrd funt sterling moliyaviy yordam olishiga to‘g‘ri keldi. Rolls-Royce qarzlarini to‘lash uchun 2 mlrd funt sterlinglik aktivlarini sotishni mo‘ljallamoqda.
Mavzuga oid
16:41 / 31.08.2024
Rolls va Roysning nomi berilgan brend – qo‘lda yig‘iladigan qimmatbaho avtomobil tarixi
07:10 / 03.08.2024
Rolls-Royce har bir xodimiga 700 funt sterling qiymatidagi aksiyalarni beradi
18:40 / 17.10.2023
Rolls-Royce 2,5 ming xodimini ishdan bo‘shatadi
11:27 / 30.05.2023