Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tokio Olimpiadasini xorijlik muxlislarsiz o‘tkazish bo‘yicha qaror hali qabul qilinmagan - Bax
XOQ prezidenti Tomas Bax Tokio Olimpiadasini xorijlik muxlislarsiz o‘tkazish bo‘yicha qaror hali qabul qilinmaganini ma'lum qildi.
9 mart kuni Yaponiyaning “Kiodo” axborot agentligi Yaponiya hukumati xorijlik muxlislarni Olimpiadaga chaqirmoqchi emasligini ma'lum qilgan. Ayni vaqtda Yaponiyada virusning britancha shtammi sababli barcha davlatlar fuqarolariga yangi vizalar berishga taqiqlov amal qilmoqda. Ushbu taqiqlov 2020 yil 28 dekabrdan kuchga kirgan. Dastlab taqiqlov yanvar oxirigacha amal qilishi kerak edi, keyinroq uni 21 martgacha uzaytirishga qaror qilingan. Biroq mahalliy OAVda favqulodda vaziyat rejimi to‘liq olingandan keyin ham hukumat qandaydir muddat davomida xorijliklarga yangi vizalar berishga taqiqlovni saqlab turmoqchi ekani ma'lum qilingan.
“Biz bu masalada Yaponiya hukumati, Tokio Olimpiadasi tashkiliy qo‘mitasi bilan maslahatlashib turibmiz. Biz xorijlik muxlislar bo‘yicha qarorni iloji boricha tezroq qabul qilmoqchimiz, chunki bu bir qator boshqa masalalar, jumladan chiptalar dasturi bilan bog‘langan”, deb aytgan Bax.
U bu masala Olimpiada xavfsizligi, stadionlar to‘lishi masalasi ekanini qo‘shimcha qilgan. “Hozircha biz eshikni ochiq qoldiramiz va vaziyatga qarab harakat qilamiz. Ko‘raylik-chi, may va iyunda nima yuz berarkin”, deb aytgan XOQ prezidenti.
Tomas Bax 10 mart kuni XOQga yana 4 yillik muddatga prezident etib qayta saylandi.
Mavzuga oid
21:24 / 27.05.2025
XOQ rossiyalik sportchilarni 2026 yilgi Qishki Olimpiada o‘yinlariga kiritmadi
21:21 / 06.04.2025
Allergiya belgilarini yengillashtirishga yordam beradigan tabiiy modda aniqlandi
13:04 / 04.03.2025
Yaponiyada dunyodagi eng kichik bog‘ mavjud: uning maydoni yarim metrdan kam
20:33 / 13.01.2025