Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada 15 martdan mamlakatga kiruvchilardan elektron anketa to‘ldirish talab qilinadi
Yo‘lovchilar parvozdan oldin chop etilgan yoki yuklab olingan anketani aviakompaniya xodimiga ko‘rsatishlari kerak bo‘ladi.
Turkiya sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatga kiruvchilar uchun qog‘oz anketalarni bekor qildi. 15 martdan boshlab yo‘lovchilar parvozdan oldin elektron anketa to‘ldirishlari kerak bo‘ladi. Bu haqda Royal Flight aviakompaniyasi xabar berdi.
"15 martdan Turkiyaga kirish qoidalari o‘zgaradi. Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi Turkiyaga amalga oshiriladigan barcha reyslarda koronavirus bo‘yicha qog‘oz anketa to‘ldirish talabini bekor qilmoqda. Yo‘lovchilar buning o‘rniga Turkiyaga parvoz qilishdan 72 soatgacha bo‘lgan vaqt ichida https://register.health.gov.tr/# havolasi orqali elektron anketani to‘ldirishlari lozim", - deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, anketa to‘ldirilganidan so‘ng uni chop etish yoki smartfon, planshet yoxud boshqa qurilmalarga yuklab olish kerak. Yo‘lovchilar parvozdan oldin chop etilgan yoki yuklab olingan anketani aviakompaniya xodimiga ko‘rsatishlari kerak bo‘ladi.
"Anketasiz samolyot bortiga chiqishga ruxsat berilmaydi", - deyiladi aviakompaniya xabarida.
Mavzuga oid
20:52 / 15.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidenti bilan uchrashdi
02:31 / 15.05.2025
Putin Ukraina bilan muzokaralarda ishtirok etadigan delegatsiya tarkibini tasdiqladi
23:40 / 14.05.2025
Zelenskiy: Ukraina muzokaralarning har qanday formatiga tayyor
17:14 / 14.05.2025