Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bola maktabga yetti yoshdan qabul qilinadi. Qoida xususiy maktablarga ham taalluqlimi?
O‘zbekiston Respublikasining «Ta'lim to‘g‘risida»gi qonuni 9-moddasi uchinchi qismiga ko‘ra, umumiy o‘rta ta'lim tashkilotining birinchi sinfiga bolalar ular yetti yoshga to‘ladigan yilda qabul qilinishi ko‘rsatilgan.
Kun.uz tahririyati elektron pochtasiga mazkur qoida nodavlat ta'lim maktablariga ham amal qilishi yoki qilmasligi borasida bir nechta so‘rovlar yuborilgan.
Sayt muxbiri holatga aniqlik kiritish maqsadida Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmati rahbari Laylo Rustamova bilan bog‘landi. Unga ko‘ra, «Ta'lim to‘g‘risida»gi qonunning mazkur talabi davlat va nodavlat muassasalariga birdek amal qiladi.
«O‘zbekiston Respublikasining «Ta'lim to‘g‘risida»gi qonuni 2020 yil 23 sentyabrda yangi tahrirda qabul qilindi va mana shu qonunda bolalarning maktabga qabul qilish yoshiga doir yangi qoida belgilandi. Unga ko‘ra, endilikda umumiy o‘rta ta'lim tashkilotining birinchi sinfiga bolalar ular yetti yoshga to‘ladigan yilda qabul qilinadi. Qonunda belgilangan talab nafaqat davlat, balki nodavlat ta'lim maktablariga ham amal qiladi», dedi Rustamova.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yil 24 sentyabrdan e'tiboran o‘z kuchini yo‘qotgan «Ta'lim to‘g‘risida»gi qonunning (464-I-son 29.08.1997) 12-moddasiga ko‘ra, maktabning birinchi sinfiga bolalar olti-yetti yoshidan qabul qilinardi.
«Ta'lim to‘g‘risida»gi qonunning yangi tahririda shuningdek, umumiy o‘rta ta'lim (I — XI sinflar) bosqichlari quyidagilardan iboratligi ko‘rsatilgan:
- boshlang‘ich ta'lim (I — IV sinflar);
- tayanch o‘rta ta'lim (V — IX sinflar);
- o‘rta ta'lim (X — XI sinflar).
Mavzuga oid
10:25 / 12.12.2024
Maktablarda qishki ta’til 29 dekabrdan boshlanadi
14:47 / 04.12.2024
Germaniyada maktabga kechikkan o‘quvchilarga jarima solish boshlandi
13:56 / 04.12.2024
«Bir million dasturchi» loyihasida eng yaxshi natija ko‘rsatgan maktabga elektromobil beriladi
22:48 / 03.12.2024