Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JSST Braziliyadagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyatdan xavotir bildirdi
So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakatda bir kun ichida 2300ga yaqin kishi koronavirus oqibatida vafot etgan.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Braziliyada koronavirus bilan bog‘liq o‘limlar soni o‘sishidan xavotir bildirdi.
"Braziliyaga jiddiy tusdagi ijtimoiy choralar zarur. Hukumat mamlakatdagi vaziyat, qanday choralar ko‘rilishi haqida aniq ma'lumot berishi darkor. Jarayon aholini jalb etgan holda butun sog‘liqni saqlash tizimini qamrab olishi lozim", deyiladi JSST tomonidan.
So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakatda bir kun ichida 2300ga yaqin kishi koronavirus oqibatida vafot etgan. Braziliya hukumati koronavirus tarqalishini to‘xtatish maqsadida Rossiyaning "Sputnik V" vaksinasini sotib olish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Mamlakatga apreldan boshlab . 10 million doza vaksina keltiriladi.
Braziliyada koronavirus yuqtirganlar soni 22 milliondan oshgan, 270 mingdan ortiq kishi kasallikdan vafot etgan. Ushbu ko‘rsatkichlar bo‘yicha mamlakat dunyoda AQShdan keyin ikkinchi o‘rinda turibdi.
Ammo Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru vaziyat jiddiyligini inkor etib kelmoqda.
Mavzuga oid
14:45 / 22.05.2025
NYT: Rossiya Braziliyadan «josuslar fabrikasi» sifatida foydalangan
20:37 / 12.05.2025
Karlo Anchelotti Braziliya milliy jamoasiga bosh murabbiy bo‘ldi
10:40 / 05.05.2025
Braziliya politsiyasi Ledi Gaga konsertidagi teraktning oldini oldi
19:37 / 01.05.2025