Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Qirg‘izistonga 25 million dollarlik 120 ming tonna mineral o‘g‘it yetkazib beradi
O‘zbekiston Qirg‘izistonga 25 million dollarlik 120 ming tonna mineral o‘g‘it yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bu haqda “O‘zkimyosanoat” AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Qirg‘iziston prezidentining davlat tashrifi doirasida “O‘zkimyosanoat”da “Qirg‘iziston o‘g‘it yetkazib beruvchilar assotsiatsiyasi” yuridik shaxslar uyushmasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda “O‘zkimyosanoat” vakillari “Qirg‘iziston o‘g‘it yetkazib beruvchilar assotsiatsiyasi” yuridik shaxslar uyushmasi raisi E.Akunbekov bilan muzokaralar olib bordi. Tadbir davomida Qirg‘izistonga mineral o‘g‘itlar va kimyoviy mahsulotlar yetkazib berish bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv so‘ngida tomonlar “O‘zkimyosanoat” tomonidan 2021-2022 yillarda Qirg‘izistonga qiymati 25 mln dollarlik 120 ming tonna mineral o‘g‘it yetkazib berish bo‘yicha tijorat shartnomasi imzolandi.
Shuningdek, O‘zbekiston va Qirg‘izistonning mavjud mineral xomashyo resurslaridan foydalangan holda agromineral va bioorganik o‘g‘itlar ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha qiymati 1,5 mln dollarlik anglashuv memorandumi imzolandi.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
20:07 / 20.05.2025