Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada sayyohlik sohasi ishchilari koronavirusga qarshi navbatdan tashqari emlanmoqda
Turkiyada sayyohlik sohasi ishchilarining koronavirusga qarshi navbatdan tashqari emlanishi boshlandi. Birinchi navbatda vaksinani mehmonxonalarning mijozlarni kutib oluvchi ishchilari oladi.
Emlash “Xavfsiz turizm dasturi” doirasida o‘tkazilmoqda. Ushbu imkoniyatdan turizm vazirligi tomonidan sertifikatlangan mehmonxonalar, oziq-ovqat va ichimliklar ishlab chiqaruvchi korxonalar, turistik agentlik xodimlari, gidlar va turistik transport haydovchilari foydalana oladilar.
Turkiyada koronavirusga qarshi emlash yanvarda boshlangandi. Birinchi navbatda shifokorlar, o‘qituvchilar va keksalarni emlash belgilangan. Mamlakatda 10 mlndan ko‘proq odam Xitoyning SoronaVac vaksinasi bilan emlanib bo‘lgan. Ulardan 2,5 mln nafari vaksinaning ikki dozasini ham olgan.
Bundan tashqari, 15 martdan Turkiyaga kiruvchi xorijliklar elektron anketa to‘ldirishlari kerak bo‘ladi. Ushbu chora infeksiya tarqalishini to‘xtatishga qaratilgan.
Shu bilan birga, Anqara 15 apreldan sayyohlar uchun majburiy PsR-testlarni bekor qilmoqchi, biroq bu mamlakatdagi epidemiologik vaziyatga bog‘liq bo‘ladi.
Mavzuga oid
20:52 / 15.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidenti bilan uchrashdi
02:31 / 15.05.2025
Putin Ukraina bilan muzokaralarda ishtirok etadigan delegatsiya tarkibini tasdiqladi
23:40 / 14.05.2025
Zelenskiy: Ukraina muzokaralarning har qanday formatiga tayyor
17:14 / 14.05.2025