O‘zbekiston | 20:41 / 15.03.2021
74945
5 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdagi 77ta maktabda va talabalar shaharchasi yotoqxonasida virusga chalinganlar aniqlangani ma'lum bo‘ldi

2021 yilning mart holatiga ko‘ra, Toshkent shahrining 10 tumanidagi 77ta umumta'lim maktabida jami 150 nafar o‘quvchiga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i Malika Qudratxo‘jayeva tomonidan 13 mart kuni O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari — Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i Anvar Alimov nomiga ko‘rsatma xatida ma'lum qilingan.

Xatda «joriy yilning o‘tgan davri mobaynida Toshkent shahri bo‘yicha jami 1717 nafar bemorda koronavirus infeksiyasi ro‘yxatga olingani» qayd etilgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, aniqlangan 1717 bemorning 222 nafari (13 foizi) 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar, 78 nafari (4,5 foizi) 15-19 yoshlilar, 210 nafari (12,2 foizi) 20-29 yoshlilar, 264 nafari (15,4 foizi) 30-39 yoshlilar, 234 nafari (13,5 foizi) 40-49 yoshlilar, 244 nafari (14,3 foizi) 50-59 yoshlilar, 465 nafari (27,1 foizi) 60 yosh va undan kattalardir.

«Ijtimoiy tarkibiga ko‘ra, 315 nafar (18,3 foiz) bemor korxona, tashkilot, muassasa xodimlari, 630 nafari (36,7 foizi) uy bekalari, 48 nafari (2,9 foizi) tibbiyot xodimlari, 57 nafari (3,3 foizi) oliygoh talabalari, 181 nafari (10,5 foizi) maktab o‘quvchilari, 76 nafari (4,4 foizi) uyushmagan bolalar, 14 nafari (0,8 foizi) uyushgan bolalar, 7 nafari (0,4 foizi) muruvvat uyi tarbiyalanuvchilari, 2 nafari (0,1 foizi) chet el fuqarolari, 49 nafari (3,0 foizi) o‘qituvchilar va 338 nafari (20,0 foizi) boshqa guruhdagi aholidir», deyiladi xatda.

Toshkent shahri bo‘yicha 77ta umumta'lim maktablarining 150 nafar o‘quvchisida, bundan tashqari 24ta maktabning 31 nafar o‘qituvchisida, 13ta maktabgacha ta'lim muassasalarining 15 nafar tarbiyalanuvchisida va 8ta MTMlarda 8 nafar tarbiyachida, 9ta oliygohning 25 nafar talabasida va 5ta oliygohning 7 nafar o‘qituvchisida, 6ta litseyning 7 nafar o‘quvchisi va 4ta litseyning 4 nafar ustoz-o‘qituvchilarida koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

Xatda poytaxtdagi qaysi maktablarda koronavirusga chalingan o‘quvchilar qayd etilgani haqida ma'lumot keltirilgan:

Yunusobod tumani
86-maktab: 16 o‘quvchi va 6 o‘qituvchi;
235-maktab: 14 o‘quvchi va 3 o‘qituvchi;
220-maktab: 5 o‘quvchi;
43-maktab: 4 o‘quvchi;
302-maktab: 3 o‘quvchi;
97-maktab: 3 o‘quvchi;
51-maktab: 3 o‘quvchi;
258-maktab: 3 o‘quvchi.

Mirzo Ulug‘bek tumani
112-maktab: 6 o‘quvchi;
222-maktab: 2 o‘quvchi;
308-maktab: 2 o‘quvchi.

Chilonzor tumani
103-maktab: 4 o‘quvchi;
280-maktab: 2 o‘quvchi;
114-maktab: 2 o‘quvchi.

Sergeli tumani
300-maktab: 4 o‘quvchi;
47-maktab: 2 o‘quvchi;
268-maktab: 2 o‘quvchi.

Yashnobod tumani
282-maktab: 4 o‘quvchi;
307-maktab: 2 o‘quvchi;

Uchtepa tumani
236-maktab: 3 o‘quvchi;
44-maktab: 3 o‘quvchi;
296-maktab: 2 o‘quvchi;

Shayxontohur tumani
316-maktab: 3 o‘quvchi.

Yakkasaroy tumani
144-maktab: 2 o‘quvchi.

Olmazor tumani
28-maktab: 2 o‘quvchi.

Yana o‘nlab maktablarda bittadan zararlanish holatlari aniqlangan (9 mart holatiga ko‘ra).

«Olib borilayotgan epidemiologik surishtiruvlarga asosan, koronavirus infeksiyasi bilan kasallanayotgan bolalar asosan kasallikni oilasida oila a'zolari bilan muloqot natijasida yuqtirmoqda», deyiladi xatda.

Shuningdek, Yunusobod tumanining shahar bolalar uyida 2021 yilning 10 mart kuni 1 nafar tarbiyachida infeksiya aniqlangan. 11 mart kuni bolalar uyining 42 tarbiyachisi va 63 nafar tarbiyachidan test olingach, 13 mart kuni 2 nafar tarbiyachi va 1 nafar shifokorda virus qayd etilgan.

Olmazor tumani hududidagi talabalar shaharchasining 2-sonli yotoqxonasida (yotoqxonada 380 nafar talaba yashaydi) 3 talabaning tana harorati ko‘tarilib, tomoq og‘rig‘i va holsizlik belgilari kuzatilgach, 11 mart kuni Milliy universitetning fizika fakulteti talabalaridan namunalar olingan. 13 mart kuni fakultetning 4 nafar talabasida kasallik aniqlangan. 13 mart kuni ular bilan muloqot qilgan 80 kishidan ham namunalar olingan, natijalar hali ma'lum emas.

  • Bundan oldinroq Toshkent shahrida koronavirus aniqlanayotgan maktablar karantinga yopilishi ma'lum qilingandi. Shuningdek, boshqa maktablarda ham ta'til ertaroq boshlanishi kutilmoqda.

Mavzuga oid