O‘zbekiston | 12:46 / 16.03.2021
1695
1 daqiqa o‘qiladi

Aksilkorrupsiya agentligiga Xorazm viloyatidan 33 ta murojaat tushgan

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga fevral oyi davomida jami 491 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 404 tasi ko‘rib chiqilgan.

Murojaatlar turi quyidagicha:

  • sud qarorlaridan noroziliklar 69 ta (14,1 foiz);
  • yer maydoni ajratilmayotgani, yer nizolari va yer maydonlari talon-toroj bo‘layotgani haqida 47ta (9,6 foiz);
  • ichki ishlar organlari xodimlarining xatti-harakatlari va qarorlaridan noroziliklar 44 ta (9,0 foiz);
  • prokuratura organlari qarorlaridan noroziliklar va prokuratura organlariga qilingan murojaatlar hal bo‘lmayotgani haqida 34 ta (6,9 foiz);
  • ayrim xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlarining xatti-harakatlaridan noroziliklar masalasida 30 ta (6,1 foiz).

Eng ko‘p murojaat Toshkent shahri bo‘yicha qayd etilgan – 116 ta. Xorazm viloyati bo‘yicha 33 ta murojaat tushgan.

Murojaatlarda ko‘rsatib o‘tilgan qonunbuzilish holatlari bo‘yicha 4 ta taqdimnoma, 1 ta ogohlantirish, 24 ta so‘rovnoma kiritilgan.
 

Mavzuga oid