Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijon davlat universitetining 6 nafar xodimida koronavirus aniqlangan. O‘qish esa davom ettiriladi
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda talabalar va universitet xodimlarida koronavirus aniqlanganligi va o‘qishlar onlayn tarzda o‘tkazilishi haqida xabarlar tarqalgandi.
Andijon davlat universitetining Axborot-resurs markazi hamda obodonlashtirish xodimlarining 6 nafarida koronavirus aniqlandi. Bu haqda Kun.uz muxbiriga universitetdagi manba xabar bergan.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda talabalar va universitet xodimlarida koronavirus aniqlanganligi va o‘qishlar onlayn tarzda o‘tkazilishi haqida xabarlar tarqalgandi.
Surishtiruv natijasiga ko‘ra, universitetning 6 nafar xodimida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Biroq talabalar orasida kasallanish holatlari kuzatilmagan.
Kasallangan xodimlar davolanish uchun shifoxonaga yotqizilgan.
Ma'lum bo‘lishicha, o‘qish jarayoni odatdagidek davom ettiriladi.
Mavzuga oid
16:07 / 16.04.2025
«Andijon turmasi» shahar tashqarisiga ko‘chiriladi - prezident
13:40 / 16.04.2025
O‘zbekiston Qirg‘iziston bilan chegarada erkin savdo zonalari tashkil etishni rejalashtirmoqda
11:47 / 23.02.2025
Andijonda 11 yil avval sodir etilgan jinoyat fosh etildi
17:09 / 25.01.2025