Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Litseylarga ikkinchi bosqich kirish test sinovlari DTM tomonidan maxsus hududlarda o‘tkaziladi
Vazirlar Mahkamasining “Akademik litseylarga umumiy o‘rta ta'lim maktablari o‘quvchilarini tanlab olish, o‘qishga qabul qilish, o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlatish tartibini takomillashtirish hamda o‘rta maxsus ta'lim to‘g‘risidagi hujjatlarning davlat namunasini tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Loyiha bo‘yicha 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab, akademik litseylarga o‘quvchilarni tanlab olish quyidagi bosqichlarda:
tanlovlar, musobaqalar va ichki olimpiadalar o‘tkazish orqali seleksiya ishlarini amalga oshirish;
o‘quvchilarni akademik litseylarga qabul qilish bo‘yicha saralash imtihonlari test sinovlari bilan birgalikda, dastlabki yozma imtihon asosida iqtidorli yoshlarni saralab olish ikki bosqichli tizimida amalga oshirilishi belgilab qo‘yildi.
2022 yildan boshlab barcha akademik litseylarga ikkinchi bosqich kirish test sinovlari Davlat test markazi tomonidan maxsus hududlarda o‘tkaziladi.
Shuningdek, akademik litsey o‘quvchilari:
a) doimiy yashash uchun boshqa hududga yoki mamlakatga chiqib ketganda;
salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma'lumotnomasi asosida) akademik ta'til olganda;
sud qarori bilan ozodlikdan mahrum etilganda;
vafot etgani sababli o‘quv yili davomida;
b) o‘qishi boshqa akademik litseyga ko‘chirilishi munosabati bilan;
o‘quvchi, uning ota-onasi yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxslar tashabbusiga ko‘ra o‘z arizasiga muvofiq;
o‘quvchi tomonidan o‘quv dasturi va o‘quv rejasi talablari bajarilmaganda (semestr yakuni bo‘yicha ikki yoki undan ortiq fanni “qoniqarsiz” bahoga o‘zlashtirgan, 72 soat sababsiz dars mashg‘ulotlarini qoldirgan) yoki tartib-qoidalarni qo‘pol ravishda buzganda o‘quv semestri tamom bo‘lganidan so‘ng o‘qishdan chetlatilishi qat'iy belgilab qo‘yildi.
Bundan tashqari qaror loyihasida o‘rta maxsus ta'lim to‘g‘risidagi hujjatlar davlat namunasi, tavsifi, tartibi belgilab qo‘yildi.
Qaror loyihasi bilan umumiy o‘rta maktab 9-sinf bitiruvchilarini akademik litseylarga o‘qishga qabul qilish tartibi takomillashadi, imtihon test sinovlari Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
17:17 / 22.05.2025
3 yoshli jiyanini 3 ta tilda gapirtirgan yigit: miya sirlarini o‘rganayotgan Jamshidbek hikoyasi
15:28 / 19.05.2025
Surxondaryoda 11 nafar o‘qituvchi 2 ming dollardan ko‘p maosh olayotgani aytildi. Prezident buni Britaniya bilan taqqosladi
18:16 / 15.05.2025