O‘zbekiston | 13:32 / 16.03.2021
2271
1 daqiqa o‘qiladi

Navoiy shahridagi markaziy ko‘chaning bir qismi 3 kunga yopilmoqda

Navoiy shahridagi Islom Karimov shohko‘chasining Me'morlar ko‘chasidan Tolstoy ko‘chasigacha bo‘lgan qismi 19, 20, 21 mart kunlari avtomobil harakati uchun vaqtinchalik yopilmoqda. 

Shahar hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, markaziy ko‘chaning mazkur qismidagi hududlarda ommaviy sayillar o‘tkaziladi.

Xususan, Alisher Navoiy nomli madaniyat va istirohat bog‘i, Yoshlar xiyoboni, «So‘g‘diyona» sport majmuasi va «Farhod» madaniyat saroyi hududlarida Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan ommaviy sayillar tashkillashtiriladi.

Mavzuga oid