Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda yarim kilogramm qoradorini 5 ming dollarga sotayotgan shaxs qo‘lga olindi
Samarqand viloyati Jomboy tumanida 500 gramm opiy giyohvand moddasini 5 ming AQSh dollariga sotayotgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati ma'lum qilmoqda.
Qayd etilishicha, 12 mart kuni Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi hamda Bulung‘ur tumani ichki ishlar bo‘limi jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari hamkorligida Jomboy tumani hududida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda Samarqand viloyati Jomboy tumani Eski Jomboy mahallasida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan S.A., A. ismli shaxsga 500 gramm miqdoridagi opiy giyohvand moddasini 5 000 AQSh dollari evaziga sotgan vaqtda, jinoyat ustida qo‘lga olingan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Bulung‘ur tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi
18:43 / 16.05.2025
Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi
12:02 / 11.05.2025