Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahri hokimligi o‘z tizimida yig‘ilishlar va majlislar o‘tkazishni vaqtinchalik chekladi
Toshkent shahar hokimligi va uning tizimidagi barcha boshqarma va tashkilotlar, tuman hokimliklarida yig‘ilish va majlislar tashkil etish hamda o‘tkazish vaqtinchalik taqiqlandi. Bu haqda Toshkent shahrida koronavirus infeksiyasi yangi shtammlari keng tarqalishini oldini olish bo‘yicha Toshkent shahar shtabining yig‘ilishida ma'lum qilindi.
Zarur hollarda yig‘ilishlar onlayn tizimda o‘tkazilishi ta'kidlandi.
Shuningdek, oliy ta'lim muassasalari va ularning yotoqxonalarida karantin va sanitariya-gigiyena talablariga qat'iy rioya etilishini ta'minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Mavzuga oid
17:44 / 06.03.2025
Toshkent shahri hokimligi bir xonadonga 3 qopdan chiqindi limiti qo‘yilgani haqidagi xabarlarni rad etdi
13:35 / 21.01.2025
Karantin ostidagi mahsulotni eksport qiluvchilar uchun qulay sharoit yaratiladi
21:59 / 27.11.2022
Xitoyda koronavirus cheklovlariga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda
00:22 / 26.11.2022