Jamiyat | 14:48 / 17.03.2021
3343
2 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxning 7ta hududida ichimlik suvi ta'minoti yaxshilanadi

Jizzax viloyati Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Do‘stlik, Paxtakor, Mirzacho‘l tumanlari va Jizzax shahridagi 600 ming aholining markazlashgan ichimlik suvi ta'minoti yaxshilanadi.

«O‘zsuvta'minot» xabariga ko‘ra, «Zarafshon daryosi suvidan foydalanish hisobiga Jizzax viloyatining ichimlik suv ta'minoti tizimini yaxshilash» loyihasi amalga oshiriladi.

Ushbu loyiha doirasida:

  • quvvati 100 ming m3/sutka bo‘lgan 1-ko‘tarish nasos stansiyasi va suv tindirgich;
  • 1-ko‘tarish nasos stansiyasidan «Uzunbuloq» suv tozalash inshootigacha diametri 1200 mm, uzunligi 16,6 km bo‘lgan magistral ichimlik suvi quvuri;
  • quvvati 100 ming m3/sutka bo‘lgan «Uzunbuloq» suv tozalash inshooti;
  • uzunligi 166 km bo‘lgan «Uzunbuloq - Gagarin» magistral ichimlik suvi quvuri;
  • «Jizzax» suv taqsimlash inshooti;
  • «Jizzax» STIdan Jizzax shahrigacha uzunligi 4 km bo‘lgan magistral ichimlik suvi quvuri qurilishi belgilangan.

Bildirilishicha, bugungi kunga qadar jami 75,764 km quvurlar yotqizilgan. Shundan:

  • D-1000 mm va 800 mm bo‘lgan 51,9 km stekloplastik magistral suv quvurlari yotqizilgan;
  • D-1200 mm bo‘lgan 15,5 km magistral quvurlar montaj qilingan;
  • D-800 mm bo‘lgan 3,1 km temir quvurlar montaj qilingan;
  • D-800 mm bo‘lgan 2,8 km polietilen quvurlar montaj qilingan;
  • D-720 mm bo‘lgan 2,464 km polietilen quvurlar montaj qilingan.
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid