Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda xususiy shifoxonada yuz bergan janjal oqibatida ikki kishiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
2021 yilning 14 mart kuni soat 16:00larda 45 yoshli Bahodir U. va 51 yoshli Ravshan Q. Toshkent shahri Olmazor tumanida joylashgan, jamoat joyi hisoblangan “Akfa Medline” shifoxonasida bo‘la turib, shifoxona qo‘riqchisi, 27 yoshli A'zam A. o‘z xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtida, unga qarshilik ko‘rsatishgan va hech bir sababsiz haqorat qilib, urib tan jarohati yetkazishgan.
IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Olmazor tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Bahodir U. va Ravshan Q.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ular protsessual tartibda ushlangan.
Olib borilgan tergov harakatlari davomida, Bahodir U. mazkur shifoxonada davolanayotgani, Ravshan Q. uni ko‘rish maqsadida kelib, shifoxona ichki tartib-qoidalariga ko‘ra mumkin bo‘lmasa-da, bemor xonasiga kirishini talab qilib, qo‘riqchiga qarshilik ko‘rsatgani va bemor xonasiga kirgani, oradan bir soatdan so‘ng Bahodir U. va Ravshan Q. tashqariga chiqib, qo‘riqchiga “qo‘lingdan nima keldi”, deb mazax qilganliklari tufayli janjal kelib chiqqani aniqlandi.
Jinoyat kodeksi normalariga ko‘ra, bu turdagi jinoyatlar uchun 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.
Mavzuga oid
08:40 / 23.05.2025
Toshkentdagi qurilish obektida 1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanildi
08:35 / 20.05.2025
Toshkentda boshqaruv servis kompaniyasi 1,6 mlrd so‘mlik elektrni talon-taroj qildi
22:33 / 30.04.2025
Toshkentda to‘rtta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
09:14 / 27.04.2025