Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
DXX Chimboyda maktab filiali binosini rekonstruksiya qilish uchun ajratilgan mablag‘dan 105 mln so‘m «uxlatilgani»ni aniqladi
Chimboy tumanida maktab filiali binosini rekonstruksiya qilish uchun ajratilgan mablag‘lar talon-toroj qilingani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Departamentning Chimboy tuman bo‘limi hamda DXX tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Chimboy tumani Xalq ta'limi bo‘limi va «B-N.» MChJning mansabdor shaxslari tumandagi 6-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi filiali binosini rekonstruksiya qilishda amalda bajarilmagan qurilish-ta'mirlash ishlarini qo‘shib yozish orqali 105,1 million so‘m budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlangan.
Holat yuzasidan Chimboy tumani Xalq ta'limi bo‘limi va jamiyat mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish), 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Chimboyda kadastr hujjatlarini tayyorlab beraman deb, fuqarodan pul olgan mutaxassisga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.
Mavzuga oid
10:25 / 12.12.2024
Maktablarda qishki ta’til 29 dekabrdan boshlanadi
14:47 / 04.12.2024
Germaniyada maktabga kechikkan o‘quvchilarga jarima solish boshlandi
13:56 / 04.12.2024
«Bir million dasturchi» loyihasida eng yaxshi natija ko‘rsatgan maktabga elektromobil beriladi
22:48 / 03.12.2024