Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda budjet mablag‘larini talon-toroj qilgan sobiq mutasaddiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Surxondaryo viloyati ilmiy-tajriba stansiyasi sobiq bosh hisobchisiga nisbatan 264,4 million so‘m budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani uchun jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma'lum qilmoqda.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Termiz tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Paxta seleksiyasi urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti Surxondaryo ilmiy-tajriba stansiyasi sobiq bosh hisobchisi M.A. hamda boshqalar 123,5 mln so‘m ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni asossiz tayinlashgan.
Bundan tashqari, stansiya balansida bo‘lgan 129,9 mln so‘mlik transport vositalarini soxta hujjatlar tayyorlash yo‘li bilan o‘zlashtirib, jami 264,4 mln so‘m budjet mablag‘larini rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Ma'lum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan M.A. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish), 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
11:58 / 24.05.2025
Surxondaryoda giyohvandlik vositasini 20 ming dollarga sotishga uringan shaxslar ushlandi
20:08 / 22.05.2025
Issiqlik ta’minoti obektlarini qurishga 500 mlrd so‘m ajratildi
09:12 / 22.05.2025
Surxondaryoda qovun yegan fuqarolar zaharlangani rad etildi
16:37 / 20.05.2025