O‘zbekiston | 11:30 / 20.03.2021
3550
3 daqiqa o‘qiladi

Aliment to‘lashdan bosh tortgan kuyov sobiq qaynotasining qotiliga aylandi

Joriy yilning 14 mart kuni tumanning Bordimko‘l mahallasida yashovchi shaxs sobiq qaynotasining qotiliga aylanib, marhum yashagan xonadonni yoqib yuborgan.

Aniqlanishicha, muqaddam ikki bor sudlangan, 27 yoshli fuqaro sobiq turmush o‘rtog‘i farzandi uchun aliment talab qilganidan g‘azablanib, yarim tunda uning uyiga mingbuloqlik, muqaddam sudlangan 37 yoshli sherigi bilan bostirib borgan. Uyda bo‘lgan sobiq qaynotasi, 1972 yilda tug‘ilgan I. Q. bilan o‘zaro janjallashib, sherigi bilan uning bosh qismiga bir necha bor pichoq bilan urib, qasddan o‘ldirgan.

Bu voqeaga guvoh bo‘lib qolgan  sobiq qaynukasining oyoq-qo‘lini bog‘lab, dadasiga tegishli Damas avtomashinasiga solib olib qochadi va uyni esa benzin bilan yoqib yuborgan.

Yong‘in natijasida jinoyatchi kuyovning yuzi va qo‘li kuyib jarohatlangan, uni shifokorga  ko‘rsatish uchun tuman tibbiyot markaziga borib, shifokor oldiga kirib ketganida sobiq qaynukasi qochib ketgan va holat bo‘yicha ichki ishlar idorasiga xabar bergan.
 
Hozirda jinoyatchi va uning sherigi qo‘lga olingan bo‘lib, tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. 

Tuman madaniyat markazida ushbu jinoyatni tahlil etishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 

Unda ishtirok etgan viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov hodisaning sodir bo‘lishi sababini mahalla bilan profilaktika inspektorining hamkorligi yetarli bo‘lmaganligida, deb baholadi.

«Bir hafta shu ikki oila o‘rtasida janjal bo‘lgan, mahalla boshiyam, profilaktika inspektori ham voqeadan bexabar. Borib kelishtirib qo‘ymagan, jinoyatning oldini olmagan. Bu muhokamadan nima foyda endi, o‘ladigan o‘lib ketdi. Namanganning «dong‘i» ketdi yana Toshkentga», — dedi hokim.

Mavzuga oid