Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Asaka tumanida kam ta'minlangan va ishsiz fuqarolarga ajratilgan mablag‘larni talon-toroj qilganlar fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Asaka tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda tumanda “A.A.” ishlab chiqarish kooperativi rahbari I.A. Asaka tumani Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi mas'ul shaxslari bilan oldindan til biriktirib, tumandagi 50 nafar kam ta'minlangan va ishsiz fuqaro nomidan ularning imzolarini soxtalashtirib, budjetdan ajratilgan 111,5 mln so‘m subsidiya mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan I.A., markaz mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq Andijon tumanida 710ta xonadonga yetishi mumkin bo‘lgan tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan fuqarolarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.
Mavzuga oid

11:59 / 06.02.2025
13 yoshli qizga shilqimlik qilgan er-xotin ishi bo‘yicha protest kiritildi - Bosh prokuratura

18:30 / 04.02.2025
38 yoshli erkak 13 yoshli qizga ko‘z olaytirdi: Asakadagi bahsli nomus ishi tafsilotlari

22:04 / 03.02.2025
Asakalik 13 yoshli qizga qilingan shilqimlik holatini prokuratura tekshirmoqda

17:19 / 03.02.2025